Keyingi intervyu tajribalarim seriyasiga xush kelibsiz.
Bugun Amazonga Business Intelligence Engineer Internship positsiyasi uchun qanday o’tganim, tayyorlanganim va jarayon haqida ulashaman. Quyida bu rol haqida ozgina ma’lumot keltirdim:
🇺🇿 : Amazon’da Biznes Intellekti (BI) muhandisi biznes muammolariga ma’lumotga asoslangan yechimlarni ishlab chiqishda ishlaydi, bu esa analitik aniqlik va yuqori ma'lumotlar yaxlitligini talab qiladi. Bu rol kuchli texnik ko‘nikmalarni talab qiladi, jumladan SQL, Python, Java yoki R kabi skript tillarida puxtalik va Tableau yoki AWS QuickSight kabi BI tahlil/tahlil/ko‘rsatish vositalaridan foydalanish ko‘nikmalari. Ideal nomzod murakkab muammolarni hal qilish, ma'lumotlar pipeline'lari, hisobotlar, boshqaruv panellari va tahlillarni yaratishda puxta bo‘lishi, shuningdek, tezkor, noaniq muhitda ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
🇬🇧 : A Business Intelligence (BI) Engineer at Amazon works on developing data-driven solutions to business challenges, utilizing a combination of analytical rigor and high data integrity. This role requires strong technical skills, including proficiency in SQL, scripting languages like Python, Java, or R, and familiarity with BI analytics/reporting/visualization tools such as Tableau or AWS QuickSight. The ideal candidate should be adept at solving complex problems, building data pipelines, reports, dashboards, and analyses to deliver insightful metrics to the business, and have the ability to work in a fast-paced, ambiguous environment.
Agar qiziq bo’lsa, ushbu positsiyaga bu yerdan topshirishingiz mumkin : Amazon Business Intelligence
Umuman olganda Amazonga internship uchun topshirganingizda BI Engineer va Data Engineering Internship positsiyalar uchun jarayon deyarli bir xil bo’ladi ya’ni 3 ta round :

2023 yilning Sentyabr oylarida shu BI Engineer Internship roli uchun topshirdim. Noyabr oylarida Linkedinda Amazon Munichda talabalar uchun event o’tkazayotganini ko’rib qoldim, va ro’yxatdan o’tdim, afsuski joy to’lib bo’lganligi tufayli menga joy yetmadi. Lekin tadbirdan so’ng tashkilotchilardan job applicationimni fast-track(tezkor ko’rib chiqish) qilishni hohlasam ma’lumotlarimni bir formaga to’ldirishimni so’rab email keldi. Formani to’ldirdim, lekin 1-2 oy javob kelmadi, ohiri 2024 yanvarda quyidagi emailni oldim, unda 1 chi texnik suhbatga taklif qilingan :

1 hafta keyingi sanani belgilab tayyorgarlikni boshlab yubordim. Fokusni asosan Python, SQL, Pandas va Data Modeling mavzulariga berdim. Leetcode, Stratascratch.com lardagi easy, medium masalalarni ishlab chiqdim. Teoriya qismlariga shu paytgacha intervyularimdan qilib yurgan notelarim va ushbu repo https://github.com/andkret/Cookbookga tayandim.
Suhbat kuni keldi va Senior BI Engineer bilan bo’ldi. 5 daqiqa qisqa tanishuvdan so’ng, SQL masalalar berishni boshladi, 3-4 ta masala berildi easy-medium qiyinlikda hammasini fikrlarimni va tanlayotgan yo’limni ovoz chiqarib turgan holatda ishlab berdim orada follow up savollari ham bo’ldi. Keyin 5-10 daqiqa Data Modeling va SQL teoriyalari bo’yicha savollardan so’ng Python qismiga o’tdik. Keyin 5 daqiqa Python teoriya bo’yicha gaplashganimizdan keyin 1 ta masala berdi uni ham ishlab berganimdan keyin agar savollarim bo’lsa so’rashim mumkinligini aytdi.
Texnik suhbatlar uchun tavsiyalarim :